
Barg bujmayishi
🗓 Gullashdan oldin
Batafsil
Belgilari
Erta bahorda, ayniqsa yomg‘ir ko‘p yog‘ganida shaftoli barglari biroz qizarib, bujmayadi
Qarshi choralar
1) Kurtak qo‘zg‘alayotgan paytda Mis kuparos bilan ishlov beriladi (12,5 kg/tonna) 2) Oradan 1 xafta-10 kun o‘tib Ziram (2,5kg/tonna) sepiladi. Gullashgacha Ziram bilan 2 marotaba ishlov berish kerak. Agar "Yo‘l-yo‘l mevaxo‘r" muammo bo‘layotgan bo‘lsa Ziram bilan 1-ishlovga Lyufenuron yoki Emamektin Benzoat qo‘shib sepsa bo‘ladi. 2-ishlovga esa Ziramga Topsin qo‘shib sepish kerak — unshudringga qarshi.